20.06.2023
Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro Y.N. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Namangan shahrida yashovchi tadbirkor X.N.dan 2 800 000 so'mlik qo'y yungini oluvchi apparatni onlayn xarid qilgan. Ammo ushbu moslama nosoz chiqqan.
Holat bo'yicha Namangan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, tadbirkorga iste'molchi huquqlari tushuntirildi. Natijada, murojaatchi xonadoniga sifatli apparat yetkazildi.