Telegram-bot Virtual qabulxona

05.03.2025

Nosoz telefon uchun to'langan 8 million so'm o'z egasiga qaytarildi

Kundalik turmushimizning ajralmas boʼlagiga aylanib ulgurgan smartfonlarning qator yutuqlari bilan birga kamchilik va nuqsonlari ham kuzatiladi.

Jondor tumanida joylashgan mobil qurilma va aksesuarlar doʼkoni sotuvchisi tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro Y.S. ga 8 000 000 soʼm evaziga nosozligi oldindan maʼlum boʼlgan smartfonni sotgan. Isteʼmolchi foydalanish mobaynida nuqsonlarni payqagan va shu kunning oʼzidayoq tovarni qaytarmoqchi boʼlgan. Tadbirkor qaytarib olishdan bosh tortgach, amaliy yordam soʼrab Buxoro viloyat iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qoldirgan.

Jondor tuman jamiyati xodimlari murojaatni oʼrganishi natijasida, holatga oydinlik kiritildi. Qonuniy javobgarlik tushuntirilgach, tadbirkor tomonidan nosoz smartfon qaytarib olindi hamda 8 000 000 soʼm isteʼmolchiga qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00