
29.05.2024
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Uchqoʻrgʻon tuman ijro etuvchi apparatiga koʻp qavatli uylarda yashovchi isteʼmolchilardan koʻplab murojaat kelib tushgan.
Maʼlum boʻlishicha, “Sabixa Solixa Muxammadamir” MCHJ BSK tomonidan koʻp qavatli uylarning ichki zinalari, oldi fasad qismi va elektr jihozlarini taʼmirlab berish boʻyicha aholi bilan tuzilgan shartnoma shartlari oʻz vaqtida bajarilmagan bo'lsa ham, koʻrsatilmagan pullik xizmatlar uchun iste'molchilarga asossiz qarzdorliklar hisoblangan.
Ushbu holat Uchqoʻrgʻon tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, Ulugʻbek MFY hamda Fargʻona MFY lardagi koʻplab xonadonlarga hisoblangan jami 60 024 000 soʻm noreal qarzdorliklar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.