Telegram-bot Virtual qabulxona

09.03.2023

Nuqsonli tovar aynan shu rusumdagi maqbul sifatlisiga almashtirildi

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning "Yormozor" MFYda yashovchi M.E.ning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatda keltirilishicha, fuqaro 2 mln 800 ming so‘mga "Ishonch" savdo do‘konidan BQ rusumli telefon apparati xarid qilgan, ammo kafolat muddati davrida tovarning turli nuqsonlari borligi ma'lum bo'lgan.

O'rganish ishlari davomida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi va natijada, nuqsonli telefon sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00