Telegram-bot Virtual qabulxona

12.07.2024

Jamiyat aralashuvi bilan iste'molchi muammosi bartaraf etildi

Rishton tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Oq-er" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.Y.ning bir yil oldin, bo‘lib to‘lash shartlarida 6 399 750 so‘mga xarid qilingan konditsionerning talab darajasida ishlamayotganligi va ko‘rsatilayotgan servis xizmatlaridan norozi bo‘lib federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi "ART EREREST 09HE" rusumli konditsionerni tumandagi “Roshidon Partnyor KM” MChJga qarashli savdo do‘konidan 2023-yilning 6-iyunida tovar qiymatini bo‘lib to‘lash to‘lash shartnomasi asosida xarid qilgan. Iste'molchi konditsionerdan foydalanish davomida bir marta servis markaziga murojaat qilganligini, lekin xonadonga tashrif buyurgan usta xizmat pulli ko‘rsatilishini ma'lum qilib, xizmat ko‘rsatmasdan ketganligini ham qo‘shimcha qilgan. 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste'molchi tovarning kafolat muddati mobaynida aniqlangan nuqsonlar bo‘yicha talablarini sotuvchiga qo‘yadi. Shu nuqtai nazardan, tuman jamiyati tomonidan sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablarini o‘z ichiga olgan talabnoma xati kiritildi, shuningdek, servis markazi bilan bog‘lanilib, yuzaga kelgan holat tushuntirildi. Shundan so‘ng, iste'molchi xonadonidagi konditsioner servis markaziga olib ketildi va bepul ta'mirlash ishlari amalga oshirilgach, xonadonga soz holatda o‘rnatib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00