Telegram-bot Virtual qabulxona

29.03.2023

Iste'molchi zimmasidagi 39 mln 395 ming so‘m noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Buxoro viloyat Buxoro shahri B.Naqshband ko‘chasida yashovchi fuqaro M.A Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat yo'llagan.

Unda bayon etilishicha, iste’molchi xonadoni 2008-yilda issiqlik tizimi quvurlari talab darajasida ishlamagani sababli, issiq suv tizimidan uzib qo‘yilgan. Shunga qaramasdan, Buxoro shahridagi "Issiqlik manbai" DUK tomonidan hozirgi kungacha kommunal to'lovlar hisoblab borilgan. Natijada, 39 million 395 ming so‘mlik noreal qarzdorlik yuzaga kelgan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, korxona xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng, iste'molchi zimmasidagi 39 395 752 so‘mlik asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00