
24.07.2024
Farg‘ona tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Vodil" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.O.ning xonadoniga nisbatan tabiiy gaz to‘lovlaridan asossiz ravishda qarzdorlik hisoblanayotganligi, ushbu holatga oydinlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste'molchi gaz idorasi mas'ullari tomonidan xonadoniga 2021-yilning avgust oyida yangi rusumdagi gaz hisoblash uskunasi (GHU) o‘rnatilganligini, o‘sha vaqtdan buyon to‘lovlar ana shu GHU ko‘rsatkichlari asosida amalga oshirib kelinayotganligini, lekin joriy yilning iyun oyida xonadoniga kelgan gaz idorasi xodimlari hisob-kitoblariga ko‘ra, 924 091 so‘m qarzdorlik mavjudligini aytishganini ma'lum qilib, tuman jamiyatidan holatga aniqlik kiritib berilishini so‘raydi.
Iste'molchi murojaati asosida o‘tkazilgan o‘rganishda iste'molchida qarzdorlik mavjud emasligi, shuningdek, tuman gaz idorasiga kiritilgan so‘rov asosida olingan javob xatida ham iste'molchining qarzdorligi yo‘qligi ma'lum qilindi. Gaz idorasi tomonidan o‘rganishga taqdim qilingan javob xatiga ko‘ra, iste'molchida 99 441,33 so‘m haqdorlik ham mavjud ekan.