
05.10.2023
Denov tumani "Ostona" mahallasida yashovchi fuqaro J.Q. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro "Amir Holding" savdo majmuasida joylashgan do’konlarning biridan 1 450 000 so`m evaziga “Redmi 12” telefonini xarid qilgan. Ammo oradan 1 oy o’tmasdan, telefon nosoz holga kelib qolgan. Ya`ni, raqamli ro`yxatdan o`tkazmaganligi sababli, telefon ishlamay qolgan. Bu holatda murojaatchi savdo do'koni xodimlaridan telefonni almashtirib berishlarini so’ragan, ammo e'tirozlar e'tiborsiz qoldirilgan.
Jamiyat mutaxassislari vaziyat bilan tanishib, do’kon ishchi xodimlariga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borishdi. Shundan so’ng, murojaatchiga 1 450 000 so`m pul mablag'i to'liq qaytarib olib berildi.