Telegram-bot Virtual qabulxona

06.10.2022

Endi Norinda ham “Isteʼmolchi kutubxonasi” bor!

“Kitoblar ovozsiz muallimlardir”

Peter Gille

 

        Bugun Norin tumanida “Isteʼmolchilar uyi” ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.    

    Yoshlar uchun eng yaxshi maskan bu soʻzsiz- kutubxonadir. Qachon insoniyatni johillikdan, qotilliklardan, dunyodagi jamiki yomonliklardan asrash mumkin, qachonki, yoshlar ilmga chanqoq boʻlsa, kitoblarni sevsa, yoshi ulugʻlar ham kitob oʻqishni targʻib etsa har qanday millatni ezgulik yoʻliga, mamlakatni esa yuksalish darajasiga yetkazish mumkin.

          Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan aholining isteʼmol madaniyatini oshirish, tuman va shaharlarda kutubxona xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida huquqiy va badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani oʻstirishga koʻmaklashuvchi “Isteʼmolchilar uyi” loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur loyiha doirasida hududlarda oʻz ichiga zamonaviy “Book cafe” va bepul Wifi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “e-Reader” elektron oʻquv qurilmalari bilan taʼminlangan “Isteʼmolchi kutubxonasi”, fuqarolarning isteʼmolchi sifatida murojaatlarini qabul qilish va ularga bepul yuridik xizmat koʻrsatuvchi “Isteʼmolchi qabulxonasi” hamda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga oʻrgatuvchi oʻquv markazlarini qamrab oluvchi yaxlit bir maʼmuriy komplekslar qurilmoqda. Mazkur loyiha doirasida respublikamizning eng chekka hududlarida ham “Isteʼmolchilar uyi” qurib foydalanishga topshirildi. Eng quvonarlisi shundaki, ularning har birida “Isteʼmolchi kutubxonasi” ham bor. Bu degani yoshlar uchun ilm olishga imkoniyat beruvchi maskanlar soni koʻpaymoqda degani. Mana shunday ezgu loyihaning yana bir Norin tumanida amalga oshirildi. Endilikda norinliklarning ham “Isteʼmolchilar uyi” va uning ichida “Isteʼmolchi kutubxonasi” ham bor. Shuningdek, “Isteʼmolchilar uyi”da “Fuqaro – jamoat tashkilotlari – davlat” birligini mustahkamlash maqsadida fuqaro murojaatlari bilan ishlashning “mahallabay” tizimini joriy etishga qaratilgan “Huquqiy maslahat” markazini ham tashkil etilmoqda. Bu kabi ezgu startap loyihalar Federatsiya tizimida davomli amalga oshiriladi.

                                                                                     Gulnoza Sharafova,

                                                                                        Jurnalist

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00