Telegram-bot Virtual qabulxona

28.07.2023

Iste'molchi huquqlarini buzgan korxonadan sud orqali 24 million so'm undirildi

Karmana tumani “Kamolot” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.N. Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro Navoiy shahar “Yoshlik” MFY hududida joylashgan 7 qavatli turarjoyning 1-qavatidan savdo do‘koni sotib olish maqsadida “H-O” xususiy korxonasi bilan shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, 226 560 000 so‘m to'lovni amalga oshirgan. Ammo oradan ko'p vaqt o'tmay, ushbu qurilish obyekti boshqa quruvchi tashkilot tomonidan sotib olingan, korxona esa shu vaqtgacha to'langan pul mablag‘larini turli vajlar bilan egasiga qaytarib bermagan.

Jamiyat xodimlari tomonidan holat o'rganilib, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, murojaatchi tomonidan to‘langan mablag‘ning 212 212 000 so‘mi qaytarib olib berildi. Ammo qolgan 14 348 000 so‘m mablag‘ni qaytarish qarzdor korxona tomonidan turli vajlar bilan paysalga solinavergach, fuqaroning buzilayotgan huquqini himoya qilish maqsadida jamiyat tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga da'vo ariza kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, fuqaroga yetkazilgan moddiy zarar uchun javobgardan 14 million 348 ming so‘m, ma'naviy zarar uchun 5 million so‘m hamda davlat foydasiga 660 ming so'm davlat boji undirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00