05.11.2021
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoni orqali Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro Z.Zaripova tomonidan murojaat kelib tushdi.
Qayd etilishicha isteʼmolchi, Zarafshon shahrida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexlarining biridan qiymati 3000000 soʻm boʻlgan mebel jixozilariga buyurtma bergan va yarim pulini toʻlagan. Qolgan mablagʻni esa jixozlarni olib kelib oʻrnatilgach toʻlashga kelishgan. Biroq, oradan 3 oy oʻtsa hamki mebeldan darak boʻlmagan. Xizmat koʻrsatuvchidan buning sababi soʻralganda tanlangan mebelning oʻrniga boshqa turdagi mebel jixozi taklif etilgan. Bunga rozi boʻlmagan istemolchi toʻlangan mablagʻlarni qaytarilishini soʻragan. Toʻlangan mablagʻ esa, turli bahonalar orqali qaytarib berilmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat, Federatsiya masʼullari tomonidan oʻrganilishi natijasida mebel uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarib berildi.