Telegram-bot Virtual qabulxona

10.10.2023

Kafolat muddati ichida topilgan nuqson bepul bartaraf etildi

O‘zbekiston tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning "Dashtcho‘lpon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi B.J.ning xarid qilingan sovutgichdan kafolat muddatida foydalanish jarayonida nuqsonlar kuzatilgani va sotuvchi uni bepul ta'mirlab berish ishlarini paysalga solayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.

Iste'molchiga ko‘ra, u tumandagi "Aziya New Universal" MChJga qarashli savdo do‘konidan umumiy qiymati 4 921 000 so‘m bo‘lgan "Artel" rusumli sovutgichni muddatli to'lov asosida xarid qilgan. Oradan ikki oy o‘tib, sovutgichda nuqsonlar kuzatilib, yaxshi sovutmay qo‘yganidan so‘ng, sotuvchiga bu boradagi e'tirozlarini bildirgan bo‘lsa-da, muammo bartaraf etilmagan.

Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida tuman jamiyati tomonidan ishlab chiqaruvchi kompaniyaning servis markaziga murojaat qilindi. Bildirilgan e'tirozlar yuzasidan servis kompaniya mutaxassislari olib borilgan o‘rganishda sovutgichning filtr qismida sizib chiqish holati qayd qilinib, kafolatli ta'mirlash ishlari olib borildi. Natijada, nuqsonlar to‘liq bartaraf etilib, sovutgich iste'molchiga soz holatda topshirildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00