Telegram-bot Virtual qabulxona

12.11.2024

24 million so'mlik quyosh panellari bepul ta'mirlab berildi

Yangiariq tumanidagi “Gulobod” mahallasida yashovchi fuqaro I.A. Xazorasp tumanidagi "Mir Sobirov" MChJga qarashli savdo do‘konidan 3 kVt kuchlanishli quyosh panellarini 24 million so‘mga sotib olgan va korxona mutaxassislari tomonidan ushbu quyosh panellari iste’molchiga qarashli binoning tomiga soz holatda o‘rnatib berilgan. Ammo hech qancha vaqt o'tmasdan, quyosh panellari joriy yilning aprel oyidan buyon yaroqsiz holatga kelib qolgan. Shundan so'ng, fuqaro do‘kon sotuvchilariga quyosh panelini almashtirib yoki ta’mirlatib berishni so‘rab, bir necha marotaba murojaat qilgan bo'lsa-da, hech qanday ijobiy natija bo'lmagan.

Yangiariq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan fuqaroning ushbu masala bo'yicha murojaati o‘rganib chiqildi va do‘kon sotuvchilari hamda servis markazi xodimlari bilan hamkorlikda quyosh panellari bepul ta'mirlanib, soz holatga keltirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00