
16.12.2024
Oltinsoy tumani Mirshodi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Denov tuman tijorat bozoridan narxi 5 200 000 so‘m bo‘lgan gilam xarid qiladi. Ammo o‘sha kunning o‘zidayoq ushbu gilamni almashtirib berishni so'raydi, sababi mahsulotni uyiga olib borib to‘shaganida devor ranglariga mos kelmaydi. Sotuvchi esa turli bahonalarni vaj qilib, almashtirib berishdan bosh tortadi.
Ushbu holatni o‘rganib chiqqan Denov tuman jamiyati mutaxassislari tomonlarga tushuntirish ishlarini olib bordi hamda qiymati 5 200 000 so‘m bo‘lgan gilam iste’molchi xohishiga ko‘ra boshqasiga almashtirib berildi.