
19.12.2024
Mingbuloq tuman "Bozorboshi" MFYda yashovchi G’.A. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali og’zaki ariza bilan murojaat qilgan.
Unga ko'ra, iste’molchi xonadoniga “Namangan suv ta’minoti” AJ Mingbuloq tuman filiali tomonidan 2 700 000 so’m qarzdorlik hisoblangan. Ushbu qarzdorlikdan norozi bo’lgan iste’molchi jamiyatdan amaliy yordam berishni so’ragan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat o’rganilganida iste’molchida haqiqatdan ham eski suv hisoblagichda qarzdorligi bo’lganligi va to’lovlarni amalga oshirganligi aniqlangan. Eski qarzdorliklarni to’lagandan so’ng, yangi suv hisoblagich o’rnatganligi ma’lum bo’ldi. Iste’molchiga chiqarilgan 2 700 000 so’m qarzdorlik asossiz bo’lib chiqdi. Hozirgi kunda iste’molchining eski qarzdorliklari mavjud emasligi barcha qilgan to’lovlari o’zining abonent raqamiga yo’naltirilganligi ma’lum bo’ldi.