
13.08.2021
Bugungi keng miqyosli oʻzgarish va islohotlar natijasida odamlarning hayoti yaxshilanib, kelajakka umid hissi kuchaydi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ayniqsa, yangi va arzon uy-joyga ega boʻlayotgan yosh oilalarning quvonchi cheksiz. Biroq, uyini oʻz vaqtida ololmayotgan fuqarolar ham talaygina.
Xususan, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ham xshunga oʻxshash koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
Navoiy viloyati Zarafshon shaxrida yashovchi fuqaro M.Pardayev tomonidan murojaat kelib tushdi. Unda qayd etilishicha isteʼmolchi Zarafshon shaxar axolisi uchun koʻp qavatli turar-joylarini qurayotgan firmalarning biri bilan №168-sonli shartnoma asosida 2-xonali 73 kvm uyni muddatli toʻlov evaziga 211.700.000 (ikki yuz oʻn bir million yetti yuz ming) soʻmga sotib olish uchun kelishuv belgilangan, shundan soʻng fuqaro boshlangʻich toʻlov sifatida 125.580.000 (bir yuz yigirma besh million besh yuz sakson ming) soʻm toʻlagan boʻlsada, qurilish firmasi tomonidan uy oʻz vaqtida topshirilmagani sababli uyuchun toʻlangan mablagʻni qaytarib olishda amaliy yordam soʻragan.
Ushbu murojaat Federatsiyaning Zarafshon shahar xodimlari tomonidan oʻrganilish natijasida isteʼmolchiga uy uchun toʻlangan 125.580.000 (bir yuz yigirma besh million besh yuz sakson ming) soʻm mablagʻ qatarilishiga erishildi.