25.09.2023
Samarqand shahar "Maysazor" ko'chasida yashovchi fuqaro N.S. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro joriy yilning iyul oyida Samarqand shahar "Qorasuv" massividagi yangi qurilayotgan koʼp qavatli uylardan birini sotib olish maqsadida “Аgromir Buildings” MChJ bilan shartnoma tuzib, jami 155 million soʼm toʼlovni amalga oshirgan. Oradan 12 kun oʼtib, fuqaro unga berilayotgan uy joylashuvi hududi to'g'ri kelmaganligi sababli, uyni xarid qilish fikridan qaytgan. So'ng, shartnomani bekor qilib, toʼlangan pulni qaytarish toʼgʼrisida ariza bergan. Fuqaroning arizasi boʼyicha unga 1 oy vaqt ichida mablagʼi toʼliq qaytarilishi aytilgan boʼlsa-da, pul mablagʼi 2 oy davomida ham qaytarib berilmagan.
Holat yuzasidan Samarqand shahar jamiyati xodimlari fuqaroning isteʼmolchilik huquqlarini vakolat doirasida himoya qilib, MCHJ xodimlariga tegishli tushintirish ishlari olib borishdi va natijada, fuqaroning 155 million mablag’i qaytarib olib berildi.