Telegram-bot Virtual qabulxona

05.06.2023

Iste'molchi foydasiga 3 million 614 ming so'm moddiy zarar undirildi

Davlatobod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Pop tumanida yashovchi fuqaro M.X.dan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, 2022-yil 4-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining qaroriga ko‘ra, jabrlanuvchi M.X.ga yetkazilgan moddiy zarar uchun huquqbuzar A.Y.dan 3 614 000 so‘m undirilishi belgilangan. Ammo bugungi kunga qadar iste'molchiga moddiy zarar to'lab berilmagan.

Murojaatni o'rganish davomida Majburiy ijro byurosida qarzdor A.Y.dan jabrlanuvchi M.X. foydasiga 3 614 000 so‘m moddiy zarar undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjudligi aniqlandi hamda ijro harakatlari davomida qarzdordan 3 614 000 so‘m zarar pullari undirilib, fuqaroning plastik kartasiga tushirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00