Telegram-bot Virtual qabulxona

10.10.2024

92 million so'm pul mablag'i sud orqali iste'molchiga qaytarildi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Dang‘ara tumani "Naymancha" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.X.ning shartnoma asosida avtomobil xarid qilish uchun 91 980 100 so‘m miqdorida odindan to‘lovni amalga oshirgani, lekin avtomobil belgilangan muddatda yetkazib berilmagach, shartnomani bekor qilib pulini qaytarib ololmayotgani xususidagi murojaati o‘rganilib, sudga da'vo arizasi kiritildi.

Ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi A.X. 2023-yilning 31-iyul kunida "UMID AVTO COMPANIES" MChJ bilan 08/07/R-08-sonli shartnoma imzolab, "CHANGAN PICAP" avtomobili xaridi uchun 91 981 100 so‘m oldindan to‘lovni amalga oshirgan. Shartnomaning 1.1-bandiga asosan, avtomobil 120 ish kuni mobaynida yetkazib berilishi belgilangan bo‘lsa-da, ushbu muddat o‘tganidan so‘ng ham yetkazib berish ishlari paysalga solinayotganligini ko‘rgan iste'molchi 2024-yilning 5-may kunida kompaniyaga shartnomani belgilangan tartibda bekor qilish va to‘langan pul mablag‘ini qaytarish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan. Shartnoma bekor qilinib, mablag‘ qaytarilishi lozim bo‘lgan muddatlar ham o‘tgach, ushbu masalani qonuniy hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab, federatsiyaning viloyatdagi idorasiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Kiritilgan da'vo arizasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida videokonferensiyaloqa platformasi vositasida ko‘rib chiqilib, sud da'vogarning da'vo talablarini qanoatlantirishni lozim deb topdi va javobgardan uning foydasiga shartnoma bo‘yicha to‘lagan 91 981 000 so‘m avans to‘lovi hamda 85 000 so‘m videokonferensiyaaloqa xarajati, jami 92 066 000 so‘m undirilishi to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqardi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00