Telegram-bot Virtual qabulxona

19.09.2024

Talabga javob bermagan mototexnika soz holatdagisiga almashtirildi

Bag‘dod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Mirzaobod" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi D.D.ning yuk tashishga mo‘ljallangan mototexnikani 1 500 AQSh dollariga xarid qilganligi, lekin u belgilangan talablarga javob bermagani holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatida, sotuvchi oldi-sotdi jarayonida mazkur elektrodvigatelli mototexnika bir elektr quvvatlash bilan 70-80 km yo‘l bosib o‘tishini aytganligi, lekin texnika xarid qilinib, undan foydalanish jarayonida bir marta quvvatlash 20 km yo‘l bosib o‘tishga yetganligini, sotuvchiga bu haqda murojaat qilib, uni almashtirish yoki pulini qaytarish talabi bajarilmaganligini ma'lum qiladi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida olib borilgan ishlar jarayonida iste'molchining e'tirozi o‘rinli ekanligi ma'lum bo‘lib, tomonlarga amaldagi qonunchilik targ‘iboti olib borildi va mototexnika boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00