
19.09.2024
Qoraqalpog'iston Respubliksi To'rtko'l tumanida yashovchi fuqaro A.Z. tumanda joylashgan "O'ktam Texno optom" savdo do'konidan 2 500 000 so'mlik "Ideal" markali gaz plitasini sotib oladi, ammo undan foydalanib ko'rganida sifatsiz ekanligini biladi. Do'kon xodimlaridan gaz plitani sifatlisiga almashtirib berishlarini so'raydi, ammo rad javobini oladi. Bundan so'ng, fuqaro iste'molchi sifatida huquqlarini tiklash uchun federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qoldiradi.
To'rtko'l tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat atroflicha o'rganib chiqildi. Savdo do'koni xodimlari bilan olib borilgan huquqiy tushuntirish ishlaridan so'ng, iste'molchining sifatsiz gaz plitasi sifatlisiga almashtirilib berildi.