Telegram-bot Virtual qabulxona

02.12.2024

Gaz ta'minotidan salkam 2,5 million so'm qarz sud orqali bekor qilindi

Koson tumanida yashovchi fuqaro G'.B. tabiiy gazdan hisoblagich orqali foydalanib kelgan. To'lovlar ham foydalanilgan gaz sarfi miqdoridan kelib chiqib amalga oshirib borilgan. Qolaversa, xonadoniga o'rnatilgan hisoblagich onlayn tartibda ishlaydi. Tabiiyki, bunday hisoblagichlar qarzdorlik yuzaga kelganda gaz ta'minotini avtomatik tarzda uzadi. Shunga qaramasdan, uning nomida qarzdorlik mavjudligi to'g'risida xabarnoma keladi. 

Fuqaroning shu haqda tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaati tegishli mutaxassislar ishtirokida o'rganildi. O'rganish jarayonida iste'molchining xonadoniga o'rnatilgan hisoblagich ko'rsatgichlaridan ortiqcha 2 million 439 ming so'mlik tabiiy gaz uchun asossiz qarzdorlik hisoblanganligi oydinlashdi.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan ortiqcha hisoblangan qarzni iste'molchining zimmasidan soqit qilishni so'rab fuqarolik ishlari bo'yicha Koson tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan fuqaroning nomidagi 2 million 439 ming so'm qarz g'ayriqonuniy deb topilib, uni to'liq “Billing Gaz” dasturidan chiqarish majburiyatini yuklash to'g'risida hal qiluv qarori chiqarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00