Telegram-bot Virtual qabulxona

26.03.2024

6,5 million soʻmlik nosoz maishiy texnika sifatlisiga almashtirildi

Shahrisabz tumani "Qutchi" qishlogʻida yashovchi fuqaro D.Q. tumanda joylashgan maishiy texnikalar savdo doʻkonidan 6 million 500 ming soʻmga gaz plitasi xarid qilgan. Biroq gaz plitasi ikki kun ham ishlamasdan, unda nosozliklar kuzatilgan. Iste'molchining nuqsonli mahsulotni almashtirish bo'yicha talablari esa qanoatlantirilmagan.

Tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaro murojaati oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida sotuvchi tomonidan mazkur mahsulotni sotish jarayonida unga kafolat muddati belgilanmaganligi, iste'molchi ham ushbu hujjatni talab qilmaganligi oydinlashdi. Ularga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirilib, nosoz gaz plitasi boshqa yangisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00