Telegram-bot Virtual qabulxona

31.05.2024

Murojaatchi zimmasidagi 13 million so'mdan ortiq noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Andijon shahar "Qalabdarxona" MFYda yashovchi fuqaro M.S. tomonidan Andijon viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga og‘zaki murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro yashash xonadoniga elektr ta'minoti korxonasi tomonidan 13 million 100 ming so'm noreal qarzdorlik hisoblangan. Bundan norozi bo'lgan iste'molchi holatga oydinlik kiritishda amaliy yordam so'ragan.

Murojaat tegishliligi bo'yicha Oltinko'l tuman jamiyati tomonidan o'rganilishi davomida fuqaroning keltirgan vajlari asosli bo'lib chiqdi. Korxona mas'ullariga qonunchilik talablari tushuntirilishi natijasida, iste'molchi zimmasidagi 13 100 000 so'm asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00