Telegram-bot Virtual qabulxona

12.09.2023

Ustalar tomonidan iste'molchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplab berildi

Farg‘ona shahar A.Qodiriy ko‘chasida yashovchi fuqaro I.R. xonadonida ta'mirlash ishlarini olib borayotgan ustalarning xizmat sifatidan norozi bo‘lib, shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, iste'molchi o‘zining egaligidagi xonadonda ta'mirlash ishlarini olib borayotgan ustalarning maslahati bilan 30 kg vodoemul'siya xarid qilib, ularga olib kelib bergan. Oradan 3 kun o‘tib, ustalar yana 20 kg vodoemul'siya keltirib berishini aytishgach, xonadonga borib idishda 10 kg bo‘yoq turganligini, yana bir ikkita qurilish materiallari yetishmayotganligini ko‘rgan va shahar jamiyatiga ushbu masalani o‘rganib, masalaga oydinlik kiritilishida amaliy yordam so‘ragan.

Shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatni joyiga borib o‘rganish davomida ustalar tomonidan qurilish materiallarini noto‘g‘ri ishlatish oqibatida iste'molchiga moddiy zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi. Ularga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilgach, ustalar tomonidan iste'molchiga yetkazilgan 1 750 000 so‘m moddiy zararni to‘liq qoplab berilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00