
22.11.2023
Xiva tumani "Ichan Qal'a" mahallasida yashovchi Sh.S. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og'zaki murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaroning 5 700 000 so’mga sotib olgan yumshoq mebeli sifatsiz bo'lib chiqqan. Shu sababli, uni yangisiga almashtirish yoki to'langan pullarni qaytarib olishda amaliy yordam ko'rsatilishini so'ragan.
Fuqaroning murojaati yuzasidan tadbirkorga qonuniy tushuntirish olib borilishi natijasida, murojaatchiga tegishli 5 700 000 so’m pul mablag’i qaytarib berildi.