
14.09.2023
Quva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning "Toshkent" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi I.I.ning xonadoniga ichimlik suvi to‘lovlaridan chiqarilgan 624 000 so‘m qarzdorlikka aniqlik kiritib berilishini so‘rab yozgan arizasi o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida iste'molchi xonadoniga suv hisoblash uskunasi o‘rnatilganligi, to‘lovlar uning ko‘rsatkichlari asosida amalga oshirib borilayotganligi, suv hisoblagichning o‘rganish kunidagi ko‘rsatkichi 761 metr kubni tashkil qilib, iste'molchi tomonidan hisoblagichning 841 metr kub ko‘rsatkichiga qadar to‘lov amalga oshirilganligi, ya'ni, iste'molchi qarzdor emas, aksincha 80 metr kubga haqdorligi ma'lum bo‘ldi.
Tuman jamiyati tomonidan o‘rganish yakunlari bilan, yuzaga kelgan asossiz qarzdorlikni bartaraf qilinishi va bazadan chiqarib yuborilishi chora-tadbirlarini ko‘rilishi uchun “Farg‘ona suv ta'minoti” MChJ tuman bo‘limiga xat kiritildi.