Telegram-bot Virtual qabulxona

31.10.2024

Libos uchun to`langan pul mablag`i xaridorga qaytarildi

Kuni kecha Samarqand viloyat Samarqand shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan  fuqaro Y.D. nomidan kelib tushgan murojaati o`rganib chiqildi.

Murojaatga ko`ra Payariq tumanida yashovchi  fuqaro Y.D. joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida joylashgan "Yangibozor" savdo majmuasidagi do'konlarning biridan salkam 1 million so`mga ayollar libosini xarid qiladi.  Biroz vaqt o`tib, ya`ni xarid qilingan kunning ertasiga mazkur libos iste`molchiga ma`qul bo`lmaganligi sababi bilan libos do`konga qaytariladi. Ammo sotuvchi libos uchun to`langan pul mablag`ini qayatarib berishdan bosh tortadi. Holatga huquqiy jihatdan oydinlik kiritish maqsadida   Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Samarqand shahar jamiyatiga murojaat qiladi. Vaziyat shahar jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha o`rganildi. O`rganish natijasida tovarning iste`mol xususiyati buzilmagan, shikastlanmagan holatda ekanligi aniqlanadi. 

Ma`lumki, bu holatning huquqiy yechimi ayrim qonunlarimizda ham ochiqlab qo`yilgan. Masalan O`zbekiston Respublikasi "Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida"gi Qonunining 18 –moddasiga binoan "Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli. Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lsa, tovarning iste’mol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar bo‘lsa, iste’molchining tovarni almashtirish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim" deb belgilab qo`yilgan. 

Jamiyat xodimlari do`kon ma`muriyatiga tegishli tartibda tushuntirishlar berganidan so`ng libos uchun to`langan pul mablag`i to`laligicha xaridorga qaytarilishiga erishildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00