Telegram-bot Virtual qabulxona

28.05.2024

Nosoz kir yuvish mashinasi sifatlisiga almashtirildi

Maishiy texnika savdosi bilan bogʼliq nizoli vaziyatlar haqida yuzlab maqolalar chop etilgan. Statistik tahlil qilinsa, maishiy texnika vositalari orasida kir yuvish mashinalari nosozligi yuzasidan murojaatlar koʼp kelib tushganini koʼrish mumkin.

Qorovulbozor tumanida yashovchi fuqaro E.M. tuman markazida joylashgan maishiy texnika vositalari savdo doʼkonidan 5 600 000 soʼm evaziga kir yuvish mashinasi xarid qilgan. Xoʼjaligida foydalanish mobaynida esa unda nosozlik kuzatilgan. Bu boʼyicha bir necha marta tadbirkorni ogohlantirishiga qaramasdan, ijobiy natija kuzatilmagan.

Isteʼmolchilik huquqlarini toʼla anglagan fuqaro amaliy yordam soʼrab, Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch raqami orqali murojaat qoldirgan. Qorovulbozor tuman jamiyati xodimlari aralashuvi bilan murojaat joyiga chiqib oʼrganilishi natijasida, nosoz kir yuvish mashinasi yangisiga almashtirib berilib, murojaat ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00