
23.01.2024
Havo sovutgichlardan foydalanish ikki mavsumda ko‘proq kuzatiladi: yoz va qishda. Aynan qishning sovuq kunlarida ham konditsionerlarning barqaror ishlashi muhim sanaladi. Iste’molchilar xarid qilayotgan maishiy texnika vositalariga beriladigan kafolat muddatida nosozlik yuzaga kelsa, bepul servis ko‘rsatilishi shart.
Buxoro viloyat Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.A. ham joriy yilning yanvar oyida tuman dehqon bozoridagi maishiy texnika vositalari savdo do‘konidan 9 300 000 so‘mga konditsioner xarid qilgan. Ammo isitish rejimida foydalanib ko‘rganida nosozlik yuzaga kelgan. Savdo xodimlari bilan murosaga kela olmagach, amaliy yordam so‘rab Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali og‘zaki murojaat qoldirgan.
Shofirkon tuman jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, savdo xodimiga qonuniy tushuntirishlar berilganidan so‘ng, nosoz konditsioner kafolat muddati davrida bepul ta’mirlab berildi.