
26.10.2023
Toʻraqoʻrgʻon tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijro etuvchi apparatiga tumanda yashovchi fuqaro O.Q. tomonidan kelib tushgan murojaatga asosan, iste'molchining kontrakt uchun toʻlagan mablagʻiga hisoblangan daromad soligʻini qaytarilishida amaliy yordam koʻrsatildi.
Gap shundaki, fuqaroga hisoblangan daromad soligʻi boʻyicha 532 ming soʻm mablagʻ qaytarilishi lozim boʻlsa-da, texnik yoki boshqa sabablar bilan ushbu mablagʻ 2023-yilning may oyidan buyon qaytarilmagan. Ijro etuvchi apparat xodimlarining saʼy harakatlari natijasida, fuqaroning ushbu mablagʻi bank plastik kartasiga tushirib berilishiga erishildi.