Telegram-bot Virtual qabulxona

16.08.2023

Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchi D.M. Zomin tumani markazidagi “ПРИЗМА” doʻkonidan farzandi uchun 3 213 000 (uch million ikki yuzi oʻn uch ming) soʻmga elektron avtomashina xarid qildi. Uch oy muddatli toʻlash uchun kelishilgan mahsulotning shartnomasi, turmush oʻrtogʻi G.M. nomiga rasmiylashtirildi. Uyga qaytgach, farzandi mashinadan foydalanganida nosozligi ma’lum boʻldi. Xaridor mahsulotni oʻsha zahoti doʻkonga qaytarib berdi. Lekin, har oyda plastik kartasidan muddatli toʻlov shartnomasiga asosan pul mablagʻlari yechib olinavergach, Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat qildi.

Mutasaddilar tomonidan mazkur murojaat oʻrganilib, bajaruvchi va buyurtmachi oʻrtasidagi murosasizlik ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00