Telegram-bot Virtual qabulxona

21.09.2023

9 million so'mlik nosoz televizor yangisiga almashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonuning 14-moddasida iste’molchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) ayni shunday markali tovarga 7 (yetti) kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qo'shimcha ravishda tekshirish zarur bo‘lganda esa, iste’molchi talab qo‘ygan paytdan e’tiboran, 20 (yigirma) kun ichida almashtirib berishi shart, deya yozib qo‘yilgan. Ammo hozirgi kunda do‘kondan chiqishingiz bilan sotib olingan har qanday mahsulotingizga biz javobgar emasmiz, deya mas'uliyatni o'zidan soqit qiladigan sotuvchilar ham talaygina.

Xuddi shunday muammo bilan Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro U.S. tomonidan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ariza kelib tushgan. Unda keltirilishicha, fuqaro 17-sentyabr kuni markaziy buyum bozorida joylashgan savdo do'konidan 9 000 000 so‘mga “Artel” televizorini sotib olgan, uni uyga olib borib o‘rnatgach esa, televizorning nosoz ekani ma'lum bo'lgan. So'ng, fuqaro norozi bo‘lib sotuvchiga murojaat qilgan, ammo sotuvchi ushbu muammo uning muammosi emasligi, fuqaroning servis xizmatidan foydalanishi mumkin ekanligi va sotib olingan mahsulotning qaytarib olinmasligini aytgan.

Murojaat jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda savdo do‘koni rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qununing yuqoridagi moddasi va yana bir qancha talablari tushuntirib o‘tildi. Natijada, sotuvchi tomonidan fuqaroga xuddi shu markali yangi televizor taqdim etildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00