22.08.2023
Bugungi kunda isteʼmolchilar bilan bogʻliq muommolarning koʻp qismi noreal qarzdorliklar bilan bogʻliq. Ushbu holatlar mansabdor shaxslarning ishga nisbatan masʼuliyatsizligi oqibatidami? Yoki isteʼmolchining huquqiy savodxonligining yetarli darajada emasligidanmi?
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Uychi tumani jamiyatiga joriy yilning 18-avgust kuni Uychi tumani Pastguzar MFY Chorvador koʻchasida yashovchi fuqoro A. X.dan murojaat kelib tushdi.
Murojaat mazmuniga koʻra, fuqoro oʻzining yashash xonadoniga ichimlik suvi uchun yangi hisoblagich oʻrnatgani va ichimlik suvi uchun oʻzi ishlab turgan tuman obodonlashtirish boshqarmasidan oylik ish haqqidan muntazam pul mablagʻi oʻtkazib borgan boʻlsada, suv taʼminoti korxonasidan 2 005 000 ( ikki million besh ming) soʻm qarzdorlik vujudga kelgan.
Yuqoridagi holat Uychi tumani jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganish natijasida fuqaroning 2 005 000 ( ikki million besh ming) soʻm qarzdorligi norealligi isbotlandi va qarzdorlik bartaraf etildi.