Telegram-bot Virtual qabulxona

26.03.2024

Salkam 4 million so'm asossiz qarzdorlik bekor qilindi

Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Ogahiy” mahallasida yashovchi fuqaro B.Q. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, iste'molchi ichimlik suvi to'lovlarini o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan bo‘lsada, Yangiariq tuman ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan 3 737 500 so‘m qarzi mavjudligi to‘g‘risida xabar olgan. Fuqaro ushbu qarzdorlikning kelib chiqish sabablarini aniqlash va qayta hisob-kitob qilishlarida amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan.

Murojaat Yangiariq tuman ichimlik suvi ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqilib, qayta hisob-kitob qilinganda iste’molchining qarzi mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi va hisoblangan asossiz qarzdorlik bekor qilindi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00