Telegram-bot Virtual qabulxona

09.10.2023

Salkam 5 million so'mlik nosoz muzlatgich bepul ta'mirlandi

Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoniga fuqaro Q.N. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, iste’molchi Vobkent tumani markazida joylashgan LG maishiy texnika vositalari do‘konidan 4 700 000 so‘mga muzlatgich xarid qilgan. Ammo kafolat muddati davrida muzlatgichda nuqson kuzatilgan.

Vobkent tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilishi mobaynida ushbu qurilma haqiqatan nuqsonli ekanligi aniqlanib, servis tomonidan bepul ta’mirlab berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00