Telegram-bot Virtual qabulxona

03.05.2024

Qarzdorligi da'vo qilingan iste'molchining haqdorligi ma'lum bo'ldi

Toshloq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Toshloq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi N.U. xonadoniga elektr ta'minoti korxonasi tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi va mazkur qarzdorlikni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab yozgan murojaati o‘rganildi.

Dastlab, mazkur murojaatni o‘rganish natijalari, ya'ni xonadondagi mavjud DDS 28-U rusumli hisoblagich 28.10.2023 kunida Marg‘ilon shahar elektr ta'minoti korxonasi xodimi A. tomonidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, 1507 kVt/soat ko‘rsatkich bilan yechib olinganligi, o‘rniga yangi elektron hisoblagich o‘rnatilganligi, lekin korxonada ushbu ko‘rsatkich 01.01.2024 yil sanasi bilan PK-elektron dasturiga 3244 kVt/soat holatida kiritilganligi, oqibatda 1737 kVt/soatga asossiz qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida to‘plangan hujjatlar shahar elektr ta'minoti korxonasiga kiritildi. Biroq korxonadan iste'molchi xonadonidagi hisoblagich ko‘rsatkichi yechib olish paytida 1507 kVt/soatni ko‘rsatgan bo‘lsa-da, elektron bazada ushbu ko‘rsatkich 3244 kVt/soat bo‘lgan, xonadondagi eski hisoblagich ko‘rsatkichlari inson aralashuvi bilan orqaga qaytarilgan mazmunida javob olindi. 

Shundan so‘ng, o‘rganishda to‘plangan hujjatlar, mazkur javob xatini ham qo‘shgan holda, "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJga kiritildi. Hududiy korxona mas'ullari tomonidan tuman jamiyati kiritgan hujjatlar o‘rganib chiqilib, yuzaga kelgan qarzdorlik haqiqatan ham ko‘rsatkichlarni noto‘g‘ri kiritilishi, bunga esa noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan dalolatnoma asos bo‘lgani to‘g‘risidagi vajlar isbotini topganligini, buning natijasida esa, iste'molchi zimmasiga yuklatilgan 1 535 652 so‘m qarzdorlik bartaraf qilingani va iste'molchining 550 000 so‘m haqdorligi mavjudligi ma'lum qilindi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00