
28.09.2023
Qo‘qon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning Yangi Chorsu ko‘chasida istiqomat qiluvchi E.Q. tomonidan murojaat kelib tushgan.
O‘rganishda ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi shahardagi "Ishonch" kredit savdo do‘konidan maishiy texnika buyumlarini xarid qilish uchun 4 million so‘mlik muddatli to‘lov shartnomasini imzolagan. Mazkur shartnoma asosida xarid qilingan LG rusumli changyutgich esa kafolat muddati davrida nosoz holga kelib qolgan. Fuqaro sotuvchiga ushbu masaladagi e'tirozlarini bildirgan bo‘lsa-da, muammo bartaraf etilmagan.
Murojaat kredit savdo do‘koni mas'ullari ishtirokida o‘rganilishi jarayonida iste'molchining tovardagi nuqson yuzasidan bildirgan e'tirozi o‘rinli ekanligi isbotini topdi hamda "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 15-moddasidagi tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi tomonidan bepul bartaraf etib berilishi bo‘yicha normasi qo‘llanilib, istemolchining changyutgichidagi nuqsonlar bartaraf etildi va soz holda unga topshirildi.