Telegram-bot Virtual qabulxona

16.05.2024

3 million so'mlik nosoz telefon apparati sifatlisiga almashtirildi

Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Qiziltepa tumani “Ayronchi” MFYda yashovchi fuqaro U.P.ning O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “Ishonch telefoni”ga qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi. 

Unda keltirilishicha, fuqaro Navoiy shahrida joylashgan savdo do‘konidan 3 000 000 so‘mga sotib olgan telefon apparati nosoz chiqqanidan noroziligini bildirgan. Ushbu muammo yuzasidan savdo do‘koni sotuvchisiga murojaat qilganida iste'molchining huquqlari buzilgan bo'lishiga qaramasdan, sotuvchi qo‘l telefonini boshqasiga almashtirib berishdan bosh tortgan.

Ushbu murojaat Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan qisqa muddat ichida o‘rganib chiqildi va haqiqatan ham iste'molchi sotib olgan telefon nosoz holda ekanligi, undan foydalanishning imkoni yo‘qligi kuzatildi. Holat yuzasidan savdo do‘koni  rahbari bilan uchrashib, iste'molchining huquqlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonunining tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada, nosoz chiqqan telefon apparati yangi va sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00