
10.02.2025
Uyali aloqa vositalari kundalik ehtiyoj yuqori bo‘lgan vositalar qatorida ekani bor gap. Tobora rivojlanib borgan texnika evolutsiyasida ularni tez-tez yangilash urfga aylangan.
Jondor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O‘.N. ham Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga qilgan murojaatida ayni mavzuda so‘z boradi. Iste’molchi tuman markazidagi telefon va aksesuarlar savdo do‘konidan 1 200 000 so‘m evaziga smartfon xarid qilgan. Ammo ko‘p o‘tmasdan, qurilma ishlamay qolgan va tuzatish imkoni mavjud emasligi aniqlangan.
Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari murojaatni atroflicha o‘rganib, iste’molchi smartfonga tashqi ta’sir yetkazmaganligini hamda nosozlik ishlab chiqaruvchi kamchiligi ekanligi aniqlangach, iste’molchiga sifatli smartfon olib berildi.