Telegram-bot Virtual qabulxona

09.10.2023

2 yarim million so'mlik nosoz televizor sifatlisiga almashtirildi

Chiroqchi tumani "Jar" mahallasida yashovchi Sh.А. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro tuman dehqon bozori hududida joylashgan maishiy texnika savdo doʼkonidan 2 million 500 ming soʼmga “Smart” rusumli televizor xarid qilgan. Ammo bir oy o'tmasdan, televizor nosoz holga kelib qolgan. Fuqaro holat bo'yicha sotuvchiga murojaat qilgan, biroq oradan ikki oydan ortiq vaqt oʼtsa hamki, masalani tez kunlarda yechishga vaʼda bergan mas'ullardan sado chiqmagan.

Isteʼmolchining murojaati tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan oʼrganilib, sotuvchiga amaldagi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonunda qayd etilgan sotuvchi va ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari tushuntirildi va televizor shu rusumdagi yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00