
08.01.2024
2023-yilning 25-dekabr kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi fuqaro B.T O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Paxtakor tumani markazidagi “Ishonch va Sifatli” oilaviy korxonasiga qarashli xo‘jalik va qurilish mollari do‘konidan har biri 1 257 000 so‘mlik bo'lgan 2 ta elektr suv isitgich (ariston) xarid qilgan. Ammo ularning biri nosoz ekani ma'lum bo'lgan. Iste'molchi uni do‘konga qaytarib olib borganda, sotuvchi mahsulot boshqasiga almashtirib ham, ta'mirlab ham berilmasligini aytgan.
Mazkur murojaat Paxtakor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, do‘konda o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada, fuqaroning nosoz aristoni do‘kon egalari tomonidan bepul ta’mirlab berildi.