
30.04.2024
Xatirchi tumani "Oltinsoy" MFY "Chilosh" qishlog'ida yashovchi fuqaro G.E. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro tuman markazidagi maishiy texnikalar savdo do‘konidan 1 950 000 so‘mga changyutgich sotib olgan, lekin u nosoz bo'lib chiqqan. So'ng, iste'molchi bu bo'yicha savdo do‘koni mas'ullariga murojaat qilgan, ammo ular turli bahonalarni ro‘kach qilib, muammoni hal qilib bermagan.
Ushbu murojaat jamiyat mas'ul xodimlari tomonidan o'rganilib, savdo do'koni xodimlariga tegishli qonunchilik bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, savdo do‘koni ma'muriyati tomonidan fuqaroning changyutgichi yangi va sifatlisiga almashtirib berilib, murojaati to‘liq ijobiy hal qilindi.