
19.09.2023
Uychi tuman "Mizirovot" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro N.B. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, iste'molchi Uychi tuman markazida joylashgan savdo doʻkonidan roʻzgʻor buyumlari qatorida blender ham xarid qilgan. Ammo u ishlamaganligi tufayli savdo doʻkoniga qaytarib olib borgan, sotuvchi esa nosoz tovarni almashtirib berishdan bosh tortgan.
Yuqoridagi holat bo'yicha tuman jamiyati tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, murojaatchining nosoz maishiy texnikasi yangi va sifatlisiga almashtirib berildi.