09.02.2023
Namangan viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi G.J.dan quyidagi mazmunda murojaat kelib tushgan:
Fuqaro “Lacetti” avtomobilini sotib olish uchun “UzAvto Motors”ning Namangan shahri filialiga shartnomada koʻrsatilgan 96 million soʻm miqdorida to'lov qilgan, ammo avtomashina belgilangan muddatda yetkazib berilmagan.
Yuqoridagi holat boʻyicha jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganish ishlari oʻtkazilib, “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 19-moddasiga asosan fuqaro G.J.ga toʻlagan 96 million soʻm pul mablagʻi avtosalondan qaytarib olib berildi.