Telegram-bot Virtual qabulxona

28.06.2024

3 million so'm pul mablag'i o'z egasiga qaytarildi

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasi Sherobod tuman jamiyatiga tumanning "Qizil olma" mahallasida yashovchi fuqaro Sh.I. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro bundan 2 yil avval tumandagi tadbirkorlarning biridan beton blok g'isht sotib olish uchun oldindan 3 000 000 so'm to'lov qilgan. Ammo buyurtma tadbirkor tomonidan o'z vaqtida yetkazib berilmagan hamda o'lchamlari to'gri kelmaydigan blok g'ishtlar taklif qilingan. Shuningdek, turli sabablarni vaj qilib fuqaroni ikki yil davomida sarson qilib kelgan.

Jamiyat ma'sul xodimlari tomonidan vaziyat o'rganilib, har ikkala tomonga qonun talablari to'liq tushuntirildi. Natijada, murojaatchining 3 million so'm pul mablag'i qaytarib berildi.


 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00