Telegram-bot Virtual qabulxona

22.01.2025

Sud orqali iste'molchi foydasiga 200 million so'mdan ortiq pul mablag'i undirildi

Buxoro viloyati Buxoro tumanida yashovchi fuqaro Sh.Sh. Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, 2024-yilning 11-sentabrida iste’molchi va "UMID AVTO COMPANIES" MCHJ o'rtasida shartnoma tuzilgan bo'lib, "COBALT STYLE" rusumli avtomashinani ijaraga olish uchun iste’molchi 65 320 919 so'm oldindan avans to'lovini amalga oshirgan. Shartnomaga asosan avtomashina narxi 134 299 919 so'mga baholanib, fuqaro avans to'lovini to'laganidan so'ng, qolgan summani jadval asosida to'lab borishi belgilangan. Ammo oradan bir necha oy o'tgan bo'lsa-da, MCHJ shu vaqtga qadar majburiyatini bajarmaganligi, ya'ni avtomashinani yetkazib bermaganligi aniqlangan.

Buxoro shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari Sh.Sh.ning iste’molchi sifatidagi buzilgan huquqini tiklash uchun Toshkent shahar FIB Uchtepa tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko'ra, da'vo talabi qisman qanoatlantirilgan. Da'vogar  Sh.Sh. manfaatiga 65 320 919 so'm asosiy qarz, 134 299 919 so'm penya, 653 209 so'm neustoyka va pochta xarajati jami 200 311 544 so'm undirib berish to'g'risida hal qiluv qarori chiqarilib, muammo ijobiy hal etildi. 
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00