Telegram-bot Virtual qabulxona

16.02.2024

3 milliondan ortiq asossiz qarzdorlik sud orqali bekor qilindi

Koson tumanida yashovchi fuqaro M.Q. tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, gaz idorasi tomonidan xonadoniga asossiz ravishda qarzdorlik hisoblanayotganligini maʼlum qilgan.

Murojaat asosida olib borilgan oʼrganishlarda fuqaroning xonadoniga tabiiy gaz toʼlovlari hisoblagich koʼrsatgichlari asosida amalga oshirilmasdan, unga nisbatan 3 million 174 ming soʼm asossiz qarzdorlik hisoblanganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan fuqarolik ishlari boʼyicha Koson tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilib, amaldagi qoidalar talablariga zid tarzda hisoblangan qarzdorlik sud qaroriga asosan bekor qilinishi taʼminlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00