09.09.2021
Namangan viloyati Toshbuloq shaharchasida yashovchi fuqarodan kelgan boʻlib, istemolchi “Arzon va sifatli” nomli telegram-savdo doʻkoni orqali oldindan toʻlovni amalga oshirish orqali ayollar koʻylagi sotib olgan, biroq, buyurtma yetkazib berilganda esa mahsulot sifatsiz ekanligi maʼlum boʻlgan. Tarmoq xordimlariga murojaat qilganda esa, mahsulotni qaytarib olishdan bosh tortishganini aytib oʻtgan.
Ushbu murojaat, Namangan shaxar jamiyati xodimlari oʻrganilishi natijasida mahsulot uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarib olib berilishiga erishildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Bashr MFY Qoplaton QFY da yashovchi fuqarodan kelgan murojaatda isteʼmolchi, Namangan viloyati Namangan shaxrida joylashgan “Lola-jaxon” bozoridan avtomashina akumlyatorini 1 yillik kafolat muddati bilan 1.800.000 soʻm evaziga sotib olgan. Biroq sotib olgan akumlyatori 3 oy ichida ishlamay qolganligidan norozi boʻlib murojaat etdi.
Ushbu murojaat, Federatsiyaning Namangan shaxar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida tadbirkor tomonidan akkumlyator yangisiga almashtirib berilishga erishildi