Telegram-bot Virtual qabulxona

15.12.2021

Avtomobillar muammosi oʻrganildi

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida yashovchi fuqaro B.Butunboyevning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi ishonch telefoni orqali qilgan murojaati Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomoni dan oʻrganildi.
Mazkur murojaatda isteʼmolchi,  Jizzax shaxridagi  “JIZZAX MOTORS“avtosalonidan shartnoma asosida 97000000 soʻm evaziga yangi ”COBALT “ avtomoshinasini xarid kilganligi, ammo oradan bir oy vakt oʻtib avtomoshinasini motor kismida nosozliklari maʼlum bulganligi sababli avtosalonga borib murojaat kilganligi, ”Jizzax Motors" avtosalon xodimlari esa nosozlikni bartaraf etishni paysalga solib kelayotganligini taʼkidlagan. 
Murojaat Federatsiyaning Jizzax shahar jamiyati tomonidan oʻrganilishi natijasida avtomashina dvigetili yangisiga almashtirib berilishiga erishildi
Shuningdek, Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida yashovchi fuqaro S.Abdurahmonov tomonidan kelgan murojaatda aytilishicha “Fargʻona AvtoTexXizmat” avtosaloniga 115 million 607 ming soʻm, yaʼni 100 foizlik oldindan toʻlovni amalga oshirish orqali “Lacetti-Gentra” rusumli avtomashina sotib olgan.
Biroq mazkur avtoulovda nuqsonlar borligi (eshiklari choklari bir-biriga toʻgʻri kelmasligi, avtoulovni old qismi bamperida boʻyoq koʻchgani va h.k) sababli boshqasiga almashtirib berilishini talab qilgan. Avtosalon xodimlari esa isteʼmolchining bu talabini qanoatlantirmagan.
Bu murojaat, Federatsiyaning Fargʻona shahar jamiyati tomonidan oʻrganilishi natijasida mazkur avtomobil yangisiga almashtirib berildi.
Yana bir murojaat, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, Naymansaroy qishlogʻida yashovchi fuqaro Karim Qulboshev tomonidan murojaat kelib tushgan.
Taʼkidlanishicha, K.Qulboshev joriy yilning 5-fevralida “AS Qashqadaryo servis” MCHJ bilan “Sobalt”  rusumli mexanik boshqaruvga ega avtomashina sotib olish uchun shartnoma rasmiylashtiradi va shartnoma shartlariga koʻra 97 million 83 ming soʻm toʻlovni amalga oshiradi. Biroq, “Sobalt”  rusumidagi mexanik boshqaruvga ega avtomashina  ishlab chiqarilishi toʻxtatilganligi sababli avtosalon maʼmuriyati u bilan rasmiylashtirilgan shartnoma bekor qilinishini maʼlum qiladi. Bu xabar bankdan yillik 22 foizlik avtokredit olgan  isteʼmolchini qiyin ahvolga solib qoʻygan.
Mazkur murojaat, Federatsiya xodimlarining aralashuvi bilan Q.Qulboshevga “Sobalt”  rusumli transport oʻrniga “Lacetti”  rusumidagi mexanik boshqaruvga ega avtomashina  yetkazib beriladigan boʻldi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00